Ta'lim nazorati Telegram channel photo

Ta'lim nazorati

@uztdiPublic Channel

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

IPLIndonesiaIndonesia

15.4k

Last views

151k (150,984 subscribers)
Anggota
—
Rating
25
Total Posts
Oct 19, 2026, 9:53 PM
Diperbarui
Mar 17, 2026
Created
Stats

Anda melihat konten dalam bahasa Indonesia. Untuk melihat konten dalam bahasa lain, ubah bahasa situs web.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTa'lim nazorati
Username@uztdi
CategoryIPL
LanguageIndonesia
CountryIndonesia
Anggota150,984
Channel TypePublic Channel
Created17 Mar 2026
Last Updated19 Okt 2026 • kemarin dulu
StatusActive

Peringkat

Peringkat Global
#476069-374
Peringkat Bahasa
#3168Tidak ada perubahan
Peringkat Kategori
#3551-15

Pertumbuhan Pelanggan

Total: 151.0K30 Days growth: -14.4K8.7%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Pertumbuhan Pelanggan - 30 Days
DateSubscribers
20:09:2026165,336
21:09:2026165,336
22:09:2026165,336
23:09:2026165,336
24:09:2026159,575
25:09:2026159,575
26:09:2026159,575
27:09:2026159,575
28:09:2026159,575
29:09:2026159,575
30:09:2026159,575
01:10:2026159,575
02:10:2026159,575
03:10:2026159,575
04:10:2026159,575
05:10:2026159,575
06:10:2026159,575
07:10:2026159,575
08:10:2026159,575
09:10:2026159,575
10:10:2026159,575
11:10:2026159,575
12:10:2026152,310
13:10:2026152,310
14:10:2026152,310
15:10:2026152,310
16:10:2026152,310
17:10:2026152,310
18:10:2026152,310
19:10:2026150,984
Pertumbuhan Pelanggan - Weekly
DateSubscribers
Week of 13:04:2026107,707
Week of 20:04:2026107,135
Week of 27:04:2026107,135
Week of 04:05:2026126,030
Week of 11:05:2026126,030
Week of 18:05:2026126,030
Week of 25:05:2026124,602
Week of 01:06:2026124,602
Week of 08:06:2026130,286
Week of 15:06:2026130,286
Week of 22:06:2026132,967
Week of 29:06:2026132,967
Week of 06:07:2026132,967
Week of 13:07:2026154,388
Week of 20:07:2026185,317
Week of 27:07:2026179,044
Week of 03:08:2026179,044
Week of 10:08:2026200,984
Week of 17:08:2026200,984
Week of 24:08:2026182,249
Week of 31:08:2026173,202
Week of 07:09:2026173,202
Week of 14:09:2026165,336
Week of 21:09:2026159,575
Week of 28:09:2026159,575
Week of 05:10:2026159,575
Week of 12:10:2026152,310
Week of 19:10:2026150,984
Pertumbuhan Pelanggan - Monthly
DateSubscribers
April 2026107,135
May 2026124,602
June 2026132,967
July 2026179,044
August 2026182,249
September 2026159,575
October 2026150,984
Pertumbuhan Pelanggan - Yearly
DateSubscribers
2026150,984

Postingan Terbaru

Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 21.16

Photo
❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi!

👨‍💻 2026-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni nihoyasiga yetdi.

🔹Jami kelib tushgan arizalar: 213 414 ta.
🔹my.gov.uz portali orqali: 45 596 ta.
🔹MyGov ilovasi orqali: 167 818 ta.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15,400000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 17.45

Photo
⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda.

Prezidentimiz boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar uchun investorlarga joylardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi.

Kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14,100000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 14.13

Photo
📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi

🔹Pedagog kadrlar uchun Yevropaning eng ilg‘or ta’lim tizimini o‘rganish va malakani oshirish imkoniyati!

🟢Yo‘nalish: Finlandiya (Helsinki, Yuvaskulya) va Shvetsiya (Stokgolm)
🟢Vaqti: 2026-yil 1–12-dekabr
🟢Hajmi va formati: 144 soatlik gibrid dastur
—72 soat – Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida nazariya
—72 soat – Skandinaviya OTMlarida amaliyot va ilmiy muloqot
🟢Guruh hajmi: Atigi 25–30 nafar tinglovchi

❗️ Diqqat eslatma: Laplandiyaga tashrif asosiy o‘quv dasturiga kiritilmagan bo‘lib, qatnashchilar uchun dasturdan tashqari alohida qo‘shimcha xarajat asosida tashkil etiladi.

📌Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Davlat namunasidagi malaka attestati hamda maxsus xorijiy malaka oshirganlik sertifikati topshiriladi.

💰 Xarajatlar smetasi:
🔹 Asosiy to‘lov — 2000 yevro: Darslar, tashriflar, mahalliy transport, 12 kunlik sug‘urta, mehmonxona (nonushtalar bilan) va tashkiliy yordam (Shartnoma asosida XNU hisobraqamiga o‘tkaziladi).
🔹 Avia chipta — taxminan 800–900 yevro: Toshkent – Istanbul – Helsinki va Stokgolm – Istanbul – Toshkent yo‘nalishi (mustaqil yoki turkompaniya ko‘magida xarid qilinadi).
🔹 Viza xarajatlari — 130 yevro: 13 kunlik viza uchun viza markazida shaxsiy karta orqali to‘lanadi.

❗️ Joylar soni cheklangan! O‘z martabangiz va pedagogik mahoratingizni xalqaro darajaga ko‘taring.

🔗 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Veb-sayt: Nordictraining.uz
👉 Telegram: https://t.me/nordictraining
👉 Telefon: +998946667819 va +998903591993
14,300000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 14.06

Photo
#Suniy_intellekt #ICIST2026

Sun’iy intellekt ta’limni qanday o‘zgartiradi? Toshkentda xalqaro konferensiya boshlandi

🔘Sun’iy intellekt o‘qituvchining o‘rnini egallaydimi yoki uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi vositaga aylanadimi?

🔘Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishga qanday xizmat qilishi mumkin?

Ayni shu kabi dolzarb masalalar Toshkentda boshlangan “Intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar” (ICIST–2026) xalqaro ilmiy konferensiyasida muhokama qilinmoqda.

16–17-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan anjuman Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiyada sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish, intellektual axborot tizimlari, virtual va kengaytirilgan reallik, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oliy ta’limda sun’iy intellekt savodxonligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

🎙 Anjumanning ochilishida Markaz direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov yangi texnologiyalarni joriy etishning o‘zi emas, balki ularning ta’lim sifatiga amaliy ta’siri muhim ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, sun’iy intellekt ta’lim jarayonini individuallashtirish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim natijalarini chuqur tahlil qilish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu bilan birga, bu jarayonda pedagogning o‘rni, inson omili, axborot xavfsizligi va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish tamoyillari ustuvor bo‘lib qolishi zarur.

Zero, sun’iy intellektni ta’limga joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashdir.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
11,200000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 10.47

⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga!

❗️ To‘lovni amalga oshirishni unutmang!

Bugun, 16-oktabr kuni biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 24 soat ichida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

📌 Masalan, bugun soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor ertaga, 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

❌ Belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmasa, talabgorning arizasi bekor qilinadi va bo‘shagan o‘ringa boshqa talabgor ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

☑ Shu sababli to‘lovni bugunning o‘zida amalga oshirish tavsiya etiladi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 10.20

📢 Bugundan 4 ta fan bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

☑ Bugun, 16-oktabrdan boshlab matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

📅 Muhim sanalar:
🔹 Ro‘yxatdan o‘tish — 16–30-oktabr
🔹 To‘lov qilish — 24 soat ichida
🔹 Imtihonlar — noyabr oyida

❗️ E’tibor bering! Talabgorlar soniga limit belgilangan. Shu sababli joylar 30-oktabrdan oldin ham to‘lib qolishi mumkin.

To‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganlarning arizalari bekor qilinadi va bo‘shagan o‘rinlarga qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

🔗 Batafsil: https://talimxabarlari.uz/81240/

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
29,500000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 10.07

Photo
#rasmiy_xabar

Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.

Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.

📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz

❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
13,200000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

16 Okt 2026, 09.31

Photo
📣 Arizalar qabuli boshlandi!

Yetakchi bo‘lishni xohlaysizmi? Buni sinfxonadan boshlang.

Teach for Uzbekistan Fellowship ikki yillik yetakchilik dasturi. Dastur davomida hududlardagi maktablarda dars bering va bolalar kelajagiga hissa qo‘shing.

🌍 Ishtirokchilar Teach For All xalqaro tarmog‘iga qo‘shiladi: 60 dan ortiq davlatdagi o‘qituvchilar va yetakchilar hamjamiyati.

Bundan tashqari:
– Ish haqi va oylik stipendiya
– Treninglar va har qadamda mentor yordami

Bakalavr diplomi bo‘lsa yetarli, pedagogik tajriba shart emas.

👉 Ariza topshiring: https://teachforuzbekistan.org

#TeachForUzbekistan #TeachForAll #Fellowship #Yetakchilik
11,800000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

15 Okt 2026, 17.07

Photo
‼️‼️‼️

📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

🔹26-oktabr (1 kun)
Informatika va axborot texnologiyalari;

🔹 27-29-oktabr (3 kun)
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
Oʻzbek tili (Davlat tili);

❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi.

🔹 30-31-oktabr (2 kun)
Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim);
Musiqa madaniyati;
(jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi).

🔹 2-7-noyabr (6 kun)
Boshlangʻich taʻlim;

🔹 9-10-noyabr (2 kun)
Matematika;

🔹 11-noyabr (1 kun)
Fizika;

🔹 12-13-noyabr (2 kun)
Tarix;
Davlat va huquq asoslari;
Tarbiya;

🔹 14-noyabr (1 kun)
Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun);
Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun);

🔹 16-17-noyabr (2 kun)
Rus tili (milliy maktablarda);
Rus tili va adabiyoti;
Qozoq tili va adabiyoti;
Qirg‘iz tili va adabiyoti;
Tojik tili va adabiyoti;
Turkman tili va adabiyoti;

🔹 18-20-noyabr (3 kun)
Ingliz tili (Umumta'lim);
Fransuz tili (Umumta'lim);
Nemis tili (Umumta'lim);
Xitoy tili;
Yapon tili;
Koreys tili;

🔹 21-noyabr (1 kun)
Tasviriy sanʻat va chizmachilik;
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;
Geografiya;
Iqtisodiy bilim asoslari;

🔹 23-24-noyabr (2 kun)
Biologiya;
Kimyo;

🔹 25-noyabr (1 kun)
Psixolog;
Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim);
Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim);
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari:
2-smena
Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun
(jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno).

🔹 26-27-noyabr (2 kun)
Ingliz tili (Maktabgacha);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);
Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
Nemis tili (Maktabgacha);
O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha);
O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha);
Rus tili (Maktabgacha);
Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari);

🔹 27-28-noyabr (2 kun)
Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti;

❗️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi.

📍 Sinov jarayonlari o‘tkazilish MANZILLARI

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.

*Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
50,500000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

15 Okt 2026, 16.26

Video
⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ariza berish bo'yicha videoqo‘llanma

Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

Eng ko'p berilgan savollarga javob: 👉 https://t.me/uztdi/11544

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
18,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

15 Okt 2026, 12.58

❗️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar

Chegirma faqat DAVLAT oliygohida KUNDUZGI ta’limda o‘qiyotgan talabalar uchun beriladi;

👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.

📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.

❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:

➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun;
➖ O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun;
➖ qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
➖ xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖ kechki, masofaviy hamda sirtqi ta’lim shakli uchun.

🔁 Pedagog farzandlariga chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.

❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.

Ayrim savollarga javoblar:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob: ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
21,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

15 Okt 2026, 09.42

⏰ Tez orada toifa testlari jadvali e’lon qilinishi kutilmoqda!

2026-yil avgust–dekabr oylarida maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari (toifa testlari) jadvali tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda!

Yangi tartibga ko‘ra, toifa test sinovlari jadvali sinovlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

Ya’ni, bugun — 15-oktyabr kuni jadval e’lon qilinsa, test sinovlari 26-oktyabrdan boshlanishi mumkin.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
19,200000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

15 Okt 2026, 00.17

⚡️Pedagoglar farzandlari uchun 30% kontrakt chegirmasiga ariza qabuli boshlandi

Ota yoki onangiz pedagogmi? Unda kontraktning 30 foizi qoplab berilishi mumkin.

🔹 Imtiyoz davlat OTMlarida bakalavriat kunduzgi ta’limida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga beriladi.
🔹 Ariza kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuboriladi va 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
🔹 Bir nechta farzand o‘qisa, chegirma har biriga alohida qo‘llanadi.
🔹 Imtiyoz har o‘quv yili uchun bir marta beriladi.

Kimlarga berilmaydi: nodavlat va xorijiy OTMlar, ularning filiallari, harbiy OTMlar, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontrakt hamda qo‘shma dasturlarda o‘qiyotganlarga.

Eng ko'p berilgan savollarga javob: 👉 https://t.me/uztdi/11442

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
44,800000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

14 Okt 2026, 19.31

Photo
🏆 Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi jadvali e’lon qilindi

Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2026-yil 15–27-oktabr kunlari o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi jadvali e’lon qilingan.

Jadvalda 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiada o‘tkaziladigan fanlar, sanalar, smenalar, boshlanish vaqtlari hamda test sinovlariga ajratilgan vaqt ko‘rsatilgan.

📌 O‘zingizga kerakli fan bo‘yicha olimpiada sanasi va vaqtini quyidagi interaktiv jadval orqali tekshirishingiz mumkin:

👉 https://olimpiada-jadval.vercel.app/

📤 Ma’lumotni olimpiadada qatnashadigan o‘quvchilar va ularning ustozlariga ulashing!

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
34,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

14 Okt 2026, 18.43

Photo
❗️ Sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda o‘qiyotganlar ham kontrakt uchun kredit olishi mumkin

Xalq bankining “Talaba” ta’lim krediti sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan, shuningdek, super kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun ajratiladi.

Kreditning asosiy shartlari:
✅ Miqdori — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
✅ Muddati — 60 oygacha;
✅ Yillik foiz stavkasi — 24%.

Mazkur kreditdan davlat va nodavlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan talabalar foydalanishi mumkin.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
19,500000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

Photo
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:

➖ Madrahimova Feruza Ro‘zimboyevna Urganch davlat universiteti rektori etib https://talimxabarlari.uz/69063/

U tayinlovga qadar Urganch davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

➖Tojiyev Rustambek Rasulovich Fargʻona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
24,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

Photo
#Abituriyent2026 #JavoblarVaraqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

💾 Javoblar varaqasini https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/13/16dbd7ce-2c85-01d4-5dec-f485487838e0_media_.jpg.

👉 Fanlar majmuasi

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
29,900000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil 14-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

🆔 Test natijalari http://my.gov.uz/ saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini http://my.gov.uz/ sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida http://my.gov.uz/ sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

✅
25,600000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

⚡️Pedagogika oliygohlari bitiruvchilari yakuniy attestatsiya bilan birga kasbiy sertifikatlashdan oʻtishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish rejalashtirilgan:

2028/2029 – oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029/2030 – oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlimdasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Bunda, kasbiy sertifikatlash sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchiga mutaxassis oʻqituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, davlat yoki nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarini tamomlab, maktabga pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilar bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/69044/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
23,500000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

Photo
❗️O‘rta maxsus ma’lumotli bog’cha pedagoglarini dual ta’limda o‘qitish tartibi va oliygohlar ro‘yxati e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining ‘‘Maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarga mos ravishda tegishli bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida’’gi qaror loyihasi muhokamalar https://talimxabarlari.uz/69011/

📌Loyihaga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pеdagog kadrlar uchun dual ta’limshaklida (haftada bir kun pеdagogika oliy ta’lim tashkilotida, bеsh kun maktabgacha ta’lim tashkilotida) to‘lov-shartnoma asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari ro‘yxati ham e'lon qilindi.

Oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga roʻyxatdan oʻtadigan abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda, abituriyentlar mazkur muddat davomida taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tili va test topshirish hududini

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/69011/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
42,400000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

Photo
⚡️ TOP-300 talik oliygohlarga kirgan yoshlar va talabalarga 20 ming AQSH dollarigacha taʼlim krediti ajratiladi

Hukumatning tegishli (02.03.2026 yildagi 88-son) qarori bilan 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda taʼlim krediti ajratish tizimi joriy etildi.

Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga resurslar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “ http://resurs.imv.uz/” platformasi orqali ajratiladi.

Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

➖ taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;

➖ ariza beruvchi (birgalikda qarz oluvchi)larning amalda boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi;

➖ taʼlim tashkilotidan talabaning qabul qilingani toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);

➖ har bir oʻqish davrining (semestr, trimestr, yarim yillik va yillik) yakunlari boʻyicha akademik oʻzlashtirish natijalari toʻgʻrisidagi hujjat (2-kursdan boshlab);

➖ toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma hamda oliy taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, SWIFT kodi) koʻrsatilgan invoys;

➖ birgalikda qarz oluvchilarning soʻnggi 12 oylik daromadlari yuzasidan maʼlumot;

➖ oʻttiz yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan yuklangan mehnat daftarchasidan koʻchirma nusxasi (mazkur hujjat kredit oluvchining pedagog xodim ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi);

➖ bankning ichki qoidalarida belgilangan boshqa hujjatlar.

👉 Eng muhim savolarga javoblar: https://talimxabarlari.uz/68974/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
24,200000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi

Pedagoglarni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi takomillashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining shunga doir tegishli qarori loyihasi https://talimxabarlari.uz/68962/

Unga ko'ra:

O'zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarning har yili davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi majburiy hisoblanadi.

Davlat ta'lim tashkilotlarining bevosita bolalarga ta'lim va tarbiya berish bilan band bo'lgan pedagoglari tibbiy ko'rikdan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida o'tkazilishi belgilanmoqda.

Nodavlat ta'lim tashkilotlari pedagoglarining tibbiy ko'riklari esa tashkilotning mablag'lari hisobidan tegishli lisenziyaga ega davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Loyihaga ko'ra, pedagogni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish vaqtida pedagog o'z ish joyi (lavozimi) va o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
23,300000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

⚡️Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

✏️ imtihonning yozma qismi — 14-15-16-mart kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 16-martdan 9-aprelgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini http://my.gov.uz/ saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-03-11-2

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
25,200000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

⚡️2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumtaʻlim hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/140808Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/68912/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
30,800000
Ta'lim nazorati logo
Ta'lim nazorati

18 Mar 2026, 18.54

⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda

2026-yil 31-yanvar va 1-fevral kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili vaadabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari https://talimxabarlari.uz/68902/

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini http://my.gov.uz/ saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

📌 Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

✅
36,300000

Showing 25 of 25 posts

Peringkat

Diperlukan Masuk

Frequently Asked Questions

Channel Telegram Ta'lim nazorati tentang apa?+

Ta'lim nazorati (@uztdi) adalah channel Telegram di kategori IPL di tgdio. Lihat ranking, rating, ulasan, dan postingan terbaru sebelum berlangganan. Saat ini sekitar 150.984 subscriber di tgdio.

Bagaimana bergabung dengan Ta'lim nazorati (@uztdi)?+

Buka profil di tgdio, lalu Join / Open in Telegram untuk berlangganan @uztdi gratis.

Apakah Ta'lim nazorati channel IPL yang bagus?+

Di tgdio Anda bisa cek rating, ulasan, ranking, dan postingan Ta'lim nazorati sebelum bergabung. Saat ini sekitar 150.984 subscriber di tgdio. Bandingkan dengan channel IPL serupa.

Di mana melihat statistik dan postingan Ta'lim nazorati?+

Di tgdio, buka halaman @uztdi untuk statistik, ranking, rating, dan postingan.