Ko'z tegmasin 'ROBLOX' ham shuncha pul topyabdi, bu kanal o'zi 1 yarim oyda shuncha kattalikga erishdi ya'ni 320 mingta obunachiga, lekin 320 mingta obunachilik kanal uchun oyiga 6 - 7 mln atrofida daromad kamdek tuyulishi mumkun. Lekin biz hisobga olishimiz kerak bo'lgan ko'p narsalar bor, masalan
https://t.me/Yurisprudensiya_ikkinchi.O'zbekistonda o'rtacha 1 ta xodim 7 mln atrofida oylik oladigan bo'lsa endi har bitta oilada nechta kishi davlat ishida ishlashini hisoblasangiz bo'ladi, ba'zi oilalarda 1 kishi, oilaning eng kattasi otamiz ishlasa ba'zi oilalarda onamiz va otamiz ham ishlaydi, lekin O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqi statistikada 7 mln so'm chiqqani bilan aslida unaqa emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Shu sababli YouTubedan 'ROBLOX' kanalimdan topayotgan 6 mln so'm pulni ham kam deyishga, har kuni 2, 3 soat vaqtimni ajratib shorts tayyorlab kanalga yuklashimga loyiq emas bu summa deyishga haqqim yo'q chunki ko'plab insonlar shu oylik uchun xatto 2 , 3 soatdan ko'p vaqtini sarflab oy davomida ishlaydi. Bunaqa oylikga yashash manimcha oson emas chunki oylik kommunal to'lovlarni o'zi 6 mln so'mning ancha qismini yemirib qo'yishi mumkun. Bu hali oylik kommunal to'lovlar xolos, undan tashqari - aloqa, internet, va boshqa o'zimizga oy davomida to'lashimiz kerak bo'ladigan qo'shimcha to'lovlar ham bor (masalan, oylik ish haqidan 12% olinadigan soliq, va kredit to'lovlar yoki qarzlar ham).
Bu gap bilan men Davlat ishida ishlamaslik kerak yoki YouTubeda ishlanglar demoqchi emasman va Davlat ishida ishlaydiganlarni xurmat qilaman ular Vatanimizdagi Sistemani yurib turishini taminlashyabdi, Men shunchaki aytmoqchimanki, hamma narsani o'z afzalliklari va kamchiliklari bo'ladi, YouTube kamroq ish uchun nisbatan ko'proq daromadni taklif qiladi lekin stabil har doim oylik to'lamaydi. Davlat, aniq ish standarti uchun stabil har doim bir xil oylik beradi (Bazan oyliklar ko'tarilishi mumkun). Yani YouTube sizni vaqtingiz va pulingiz ustidan nazorat qilmaydi, uni o'zingiz nazorat qilasiz agar ishingizga masuliyatli bo'lsangiz YouTubeda ham stabil daromad topishingiz qiyin bo'lmaydi xatto ko'proq daromad olishingiz ham mumkun. Agarda masuliyatsizlik qilsangiz YouTube sizni daromaddan uzib qo'yadi, Davlat ham shunday, masuliyatsizlik uchun sizni ishdan bo'shatadi, shuning uchun Masuliyat bilan ishlashimiz, o'zimizning harakterimizni o'zimiz boshqarishimiz va dangasalik qilmasligimiz zarur.
Hamma Insonlar tezroq natija va daromadni xohlaydi va uni izlaydi, Biz hammasini tez bo'lishini xohlaymiz lekin o'zimiz qilayotgan ishimizni o'zimizga baxo berishni unitib qo'yamiz. Shunchaki o'zingizga baxo bering boshqalarga yoki birovning ishiga emas. Kam harakat qilib tez va stabil daromadga erishib bo'lmaydi, biz aytilgan, qilishinishi kerak bo'lgan ishni qilmasdan oldin natija qachon? deb so'raymiz lekin Natija uchun o'zi nima qildim? degan savol bermaymiz. (Man o'zim birinchi YouTubedagi 1,5 yil vaqtimni bekorga sarflab yuborganman, va birinchi pulimni 1,5 yildan so'ng 800$ yechganman) Hammasi o'zimizda yashiringan Muammo ham & Yechim Ham, qachonki o'zimizga katta baxo berishni, o'zimizdagi xato fikrlardan uzoqlashishni, 20 yoshida uy yoki mashinasi bo'lsin, oyiga kamida 5,000$ topsin degan har xil ahmoqona gaplarga etibor bermasdan, ko'proq etibor va fokusni harakatga, ilm olishga, o'rganishga va kelajakga sarflashni o'rgansak shunda yaxshiroq natijaga erishamiz har tomonlama. Keyin ENG KATTA MASLAHATIM, Instagramni o'chirib tashlang, aynan instagramni - agar instagram sizga video ko'rishdan boshqasiga yaramaydigan bo'lsa. O'zim Instagramdan butunlay uzilganimga yarim yil bo'ldi. Endi umuman qaytib kirishni xohlamayman.