
#WSICW_2026 #Samarqand2026
🌍 21–22-oktabr kunlari Samarqand mezbonligida o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o'z ishini boshladi.
100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadigan sammitda bolalar farovonligi faqat ijtimoiy himoya masalasi sifatida emas, balki barqaror iqtisodiy o‘sish, inson kapitalini rivojlantirish va jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlashning muhim omili sifatida ko‘rib chiqiladi.
Sammit davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlarni bolalar farovonligi bilan bog‘liq beshta ustuvor yo‘nalish atrofida birlashtiradi:
✅ Bolalarga investitsiya — ularning farovon kelajagi uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
✅ Ijtimoiy himoya — bolalar manfaatlarini hisobga oluvchi yangi avlod ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish.
✅ Bolalarni himoya qilish — integratsiyalashgan himoya tizimlarini mustahkamlash.
✅ Sog‘liqni saqlash — bolalar salomatligini ta’minlovchi adolatli va barqaror tizimlarga investitsiya kiritish.
✅ Ta’lim va erta rivojlanish — sifatli, inklyuziv ta’lim hamda teng imkoniyatlarni kengaytirish.
Manba
📱Veb-sayt 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube









